
"Milan" forvardi yangi mavsumni APLda boshlaydi
“Milan” klubi forvardi Patrik Kutrone katta ehtimol bilan faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettiradi.
Sky Sport Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 21 yoshli italiyalik futbolchini “Vulverxempton” o‘z safiga qo‘shib oladi.
Ta’kidlash kerakki, Kutrone ayni kunlarda AQShda turne o‘tkazayotgan “Milan”ning Bostondagi qarorgohini tark etgan va Italiyaga yo‘l olgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq “Vulverxempton” Kutrone uchun “rossonerilar”ga bonuslar bilan birga 18 mln evro to‘lashi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Kutrone o‘tgan mavsum A Seriyada jami 34ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar