
"Milan" Depayga qiziqish bildira boshladi
Frantsiyaning “Lion” klubi yarim himoyachisi Memfis Depay faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Milan” klubi skautlari 23 yoshli gollandiyalik futbolchiga qiziqish bildira boshlashgan. “Rossonerilar” Depayni Xakan Chalxanogluning o‘rniga chap qanot yarim himoyasiga qo‘yib, turkiyalik futbolchini esa markazga yaqinroq joyda o‘ynatishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, “Lion” Depayni o‘tgan yoz “Manchester Yunayted”dan 20 mln evroga sotib olgan edi.
Ma’lumot uchun, u joriy mavsum Frantsiya chempionatida jami 22ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 9ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar