
"Milan" Chalxanogluga yanada yaxshiroq taklif yubordi
"Milan" rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Xakan Chalxanogluga yanada yaxshiroq taklif bilan chiqdi.
La Gazzetta dello Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 26 yoshli turk futbolchisiga yiliga 3,5 mln evro taklif qilgan “rossonerilar” hozir unga 4 mln evro va yana qo‘shimcha bonuslar to‘lashga tayyor.
Chalxanoglu joriy mavsum “Milan” safida 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 9 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar