"Milan" braziliyalik futbolchini ijaraga olmoqchi
"Milan" "Arsenal" forvardi Gabriel Jezusni ijaraga olishni maqsad qilmoqda.
"Corriere dello Sport" nashri bergan xabarlarga ko‘ra, "rossonerilar" braziliyalik futbolchini to‘liq sotib olishni emas, ijaraga olishni ko‘zlayapti. Milanliklar moliyaviy cheklovlar sabab uning maoshini yarimini to‘lab bergan holda, mavsum yakunigacha jamoaga olib kelishni maqsad qilmoqda. Jezusning "to‘pchilar"dagi maoshi 16 million evroni tashkil etadi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi. "Transfermarkt" portali futbolchini 20 million evroga baholamoqda.
Ma’lumot uchun, 28 yoshli strayker joriy mavsumda atiga ikkita uchrashuvda maydonga tushgan xalos.



Fikrlar