
"Milan" 19 yoshli frantsiyalik futbolchini tarkibga qo‘shib olmoqchi
"Sent-Eten" klubi yarim himoyachisi Uesli Fofan "Milan"ning qiziqishlar doirasiga kirib qoldi. Bu haqda RMC Sport nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “rossonerilar” agar “Barselona”dan Jan-Kler Todiboni sotib olisholmasa, u holda bor e’tiborlarini aynan Fofanga qaratishadi.
O‘z navbatida "Sent-Eten" ham 19 yoshli frantsiyalik futbolchining transfer narxi balandroq bo‘lishi uchun u bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.
Ma’lumot uchun, Fofan joriy mavsum Frantsiya chempionatida 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar