Mikel Arteta: "Bu g‘alaba ayrim sabablarga ko‘ra o‘ziga xos bo‘ldi"

  • 30 oktabr, 14:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" Angliya Liga Kubogi 1/8 finalida "Brayton"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuvdan so‘ng "to‘pchilar" bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z fikrlarini bildirdi:

Tecno

"Bu ayrim sabablarga ko‘ra o‘ziga xos va juda yoqimli kecha bo‘ldi. Albatta, biz musobaqa chorak finaliga yo‘l oldik va juda kuchli raqibni engdik.

Biz tarkibda 10 ta o‘zgarish qildik, ilgari birgalikda o‘ynamagan futbolchilarni maydonga tushirdik. Shu bilan birga ikki muhim debyut ham bo‘ldi — Maks Douman va Andre Xarriman-Annus ilk bor jamoa sharafini himoya qildi.

Bu – haqiqatan ham betakror tuyg‘u. Kimgadir imkoniyat berib, uning orzusini ro‘yobga chiqarish hissi juda yoqimli. Hammasi shunday omadli kechganidan xursandman”, — dedi ispaniyalik Mikel Arteta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!