
MFL. Galiulin va Davlatovning jamoasi "Torpedo" mehmoni bo‘ldi
Bugun Rossiya Milliy Futbol ligasida 16-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtlarimiz Vagiz Galiulin hamda Bobur Davlatov faoliyat olib boradigan "Nefteximik" jamoasi bu tur safarda "Torpedo"ga qarshi bahs olib bordi va 0:4 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Galiulin maydonda 90 daqiqa to‘p tepgan bo‘lsa, Davlatov 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Shu tariqa, "Nefteximik" hisobidagi ochkolar soni 28 taligicha qoldi va turnir jadvalidagi 22 klub orasida 7-o‘rindan joy oldi.
Fikrlar