"Metallurg" yangi o‘yinchilar bilan kelishuvlarga erishmoqda

  • 22 yanvar, 2020, 21:34
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qishki tayyorgarligini olib borayotgan «Metallurg» futbolchilari kuni kecha jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha normativ testlarni topshirishdi. Oldin xabar berganimizdek, tarkibda boshqa klublardan bir qator o‘yinchilar jalb etilgandi. Hozirgi kunda esa ularning aksariyati bilan kelishuvlarga erishildi.

Tecno

Lekin tark etayotganlar ham uchrab turibdi. Masalan, klubning ko‘p yillik hujumchisi Zohid Abdullaevning jamoa bilan xayrlashib «Qo‘qon-1912»ga yo‘l olganini aytishimiz mumkin. Bekobodliklar ustozi Andrey Shipilov esa uning o‘rnini to‘ldirish va oldingi chiziqni kuchaytirish uchun yangi o‘yinchilarni taklif qilayotgandi. Shu maqsadda jalb etilgan «Buxoro» hujumchisi Murod Bobojonov, «Andijon» to‘purari Shahzod Ubaydullaev hamda «Dinamo» a’zosi Ixtiyor Toshpo‘latov yangi mavsumni «Metallurg»da boshlashlari aniq bo‘ldi.

Shuningdek, hujumkor yarim himoyachi Abdurahmon Abdulhaqov ham endilikda «Metallurg» libosida o‘ynaydi. Yodingizda bo‘lsa, u o‘tgan mavsumda Ubaydullaev bilan birga «Andijon»da to‘p surgandi. Shuningdek, «Buxoro»dan chaqirilgan yarim himoyachi Salamat Quttiboevning ham «Metallurg»da faoliyat olib borishi hal bo‘ldi. Bundan tashqari, «Nasaf»dan taklif etilgan Doniyor Narzullaevning ham yangi mavsumni Bekoboddla o‘tkazishi ma’lum bo‘ldi. Darvoqe, «Bunyodkor»ni tark etgan legioner Evgeniy Chumakni ham «Metallurg»da shug‘ullanayotgani haqida xabar bergandik. Ma’lum bo‘lishicha, u ham yangi mavsumni bekobodliklar safida boshlaydigan bo‘lgan. Tarkib ancha-muncha shakllantirilganch, endilikda futbolchilarning o‘yin amaliyotini oshirish uchun nazorat uchrashuvlariga ko‘proq e’tibor berilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!