
"Metallurg" ustozi: "Paxtakor" hakamlar yordamiga muhtoj emasdi"
O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" - "Metallurg" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda maydon egalari 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 23-daqiqada Zabihillo O‘rinboev penaltidan unumli foydalanib, uchrashuvda hisobni ochdi. Biroz o‘tib, Pshemislav Banashak muvozanatni tikladi. 56-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Abbosbek Fayzullaev "sherlar"ni oldinga olib chiqdi.
O‘yindan so‘ng har ikkala jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida "Metallurg" ustozi Luisma Ernandesning fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
- Futbolchilarimning bugungi uchrashuvga bo‘lgan munosabatidan xursandman. Biz "Paxtakor"ga qarshi har qanday natija qayd etishimiz mumkin edi.
- Bellashuvning oxirida hakamlarga bugungi o‘yinni qaytadan ko‘rib chiqishni iltimos qildim. Menga referilar "Paxtakor"ga biroz yon bosgandek tuyuldi. Biz bilamiz, "sherlar" Superligadagi eng yaxshi jamoalardan biri va ular hakamlarning yordamiga muhtoj emas.
- Bugungi uchrashuvdan kelib chiqib, VARning qanchalik muhimligini bilsak bo‘lardi. Ochig‘i, VAR nega yo‘qligi tushunmadim.
- Golgacha va goldan keyin ham jamoamiz intensiv futbol namoyish etdi. Biz ushbu maydonga tarixiy g‘alabani qo‘lga kiritish uchun kelgandik. Poytaxt klubi bahsli vaziyatdan gol urdi. Shunday bo‘lsa ham shogirdlarim ko‘rsatgan o‘yindan ko‘nglim to‘ldi.
Fikrlar