"Metallurg" safiga yangi futbolchilar kelib qo‘shildi

  • 17 yanvar, 2018, 23:16
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bekobodning “Metallurg” klubi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Toshkentda olib bormoqda.

Tecno

Klub mabtuot xizmati tarqatgan xabarga ko‘ra, bu hafta murabbiylar shtabi ko‘rigidan 30 dan ziyod futbolchilar o‘tishmoqda. Yangi kelgan o‘yinchilar orasida mamlakatimiz futbol ishqibozlariga Farg‘onaning “Neftchi” jamoasidagi faoliyati orqali yaxshi tanish bo‘lgan Dilyorbek Irmatov ham bor.

Shuningdek, mashg‘ulotlarda “Metallurg” futbol klubining o‘tgan yilgi yoshlar tarkibidan kelgan o‘yinchilardan tashqari “Paxtakor”, “Bunyodkor” singari futbol klublari o‘rinbosarlari ham ko‘rikdan o‘tishmoqda.

Bugun futbolchilar ikki tarkibga bo‘lingan holda kichik nazorat uchrashuvini o‘tkazishdi. Unda Zohid Abdullaev etakchiligidagi asosiy tarkib a’zolari sardor tomonidan kiritilgan ikki gol evaziga g‘alaba qozonishdi. Mashg‘ulotlar yakunlangach bir qator futbolchilarga javob berildi.

Shanba kuni ushbu hafta yakunlari “Bunyodkor” yoshlar jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi bilan intiho topadi. Bu nazorat o‘yinidan keyin ko‘rikda turgan yana bir qator futbolchilarning taqdiriga oydinlik kiritiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!