"Metallurg" bosh murabbiyi ketma-ket mag‘lubiyatlar sababi, rejalari va jamoaning maqsadi haqida gapirdi

  • 12 mart, 2023, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, “Metallurg” Superliganing 2-turida safarda “Navbahor”ga 3:0 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bekobodliklar bosh murabbiyi Luisma Ernandes o‘zining o‘yin haqidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

- Bugun judayam qiyin o‘yin bo‘ldi, chunki raqib ham jiddiy raqiblardan biri edi. Stadion ham raqib jamoani qo‘llab-quvvatlab turayotgan muxlislar bilan to‘la edi. Shunga qaramasdan biz ushbu o‘yinga jiddiy tayyorlangan edik. Ba’zi futbolchilarimizning individual xatolari tufayli birinchi bo‘limda ikkita gol o‘tkazib yubordik. Umuman olganda o‘yin yomon bo‘lmadi, biroq ayrim futbolchilarning o‘yinga bo‘lgan munosabatidan ko‘nglim to‘lmadi. Qolgan barchasi yaxshi.

- O‘tgan o‘yinda ham “Metallurg”ning o‘yini chiqmagan va mag‘lub bo‘lgan edi. Bu nima bilan bog‘liq deb o‘ylaysiz?

- O‘tgan safar “Neftchi”ga qarshi o‘yindan so‘ng ta’kidlaganimdek, mavsum oldi tayyorgarlik men xohlagandek bo‘lmadi va uni ko‘ngildagidek o‘tkaza olmadik. Yangi futbolchilarning jamoaga kirishib ketishi sekin kechmoqda, bunga vaqt kerak. Bundan tashqari, ayrim futbolchilarning ishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirishimiz lozim. Qolaversa, himoya chizig’idagi futbolchilarimizda jarohatlar mavjud. Bu ham o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda. Maqsadimiz, o‘tgan yilgi natijani yaxshilash.

“Navbahor”ni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Biz esa ishlashda davom etamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!