Messisiz qolgan Argentina Germaniya va Ekvadorga qarshi o‘yinlar uchun kimlarni chaqirdi?

  • 28 sentabr, 2019, 01:48
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina terma jamoasi 9 va 13 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik uchrashuvlari uchun tarkibga jalb etgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Janubiy amerikaliklar avvaliga Germaniya keyin esa Ekvadorga qarshi bahs olib borishadi.

Tecno

Darvozabonlar: Xuan Musso («Udineze»), Agustin Marchesin («Portu»), Emiliano Martines («Arsenal»).

Himoyachilar: Xuan Foyt (Tottenxem»), Rentso Saraviya («Portu»), Nikolas Otamendi («Manchester Siti»), Xerman Petstselya («Fiorentina»), Markos Roxo («Manchester Yunayted»), Valter Kannemann («Gremio»), Leonardo Balerdi («Borussiya» Dortmund).

Yarim himoyachilar: Gido Rodriges («Amerika»), Federiko Saracho («Rasing»), Leandro Paredes (PSJ), Nikolas Dominges («Veles Sarsfild»), Markos Akunya («Sporting»), Rodrigo de Paul («Udineze»), Roberto Pereyra («Uotford»), Anxel Korrea («Atletiko»), Lukas Okampos («Sevilya»), Erik Lamela («Tottenxem»), Matias Vargas («Espanol»).

Hujumchilar: Nikolas Gonsales («Shtutgart»), Lukas Alario («Bayer»), Lautaro Martines («Inter»), Paulo Dibala («Yuventus»).

Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi Amerika Kubogidan so‘ng, korruptsion gaplarni aytib o‘tganligi uchun 3 oyga diskvalifikatsiya qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!