
Messining tanqidiga uchragan hakam Saudiya Arabistoni hakamlar hay’atini boshqarishi mumkin
Hakam Antonio Mateu Laos yozda Saudiya Arabistonida hakamlar hay’atini boshqarishi mumkin.
46 yoshli ispaniyalik mutaxassis La Ligada hakamlik faoliyatini davom ettirmoqchi, reglamentga ko‘ra, hakamlik uchun 45 yosh chegarasi belgilangan. Biroq hakamlar qo‘mitasi Laosga istisno tariqasida La Ligadagi o‘yinlarni boshqarishga ruxsat beradi.
"Estadio Deportivo" xabariga ko‘ra, Laosga kelasi mavsumda La Liga uchrashuvlariga tayinlanishi aniq emas, shuning uchun u Saudiya Arabistoni taklifini ko‘rib chiqmoqda.
Shuningdek, Ispaniya futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales mamlakat hakamlar qo‘mitasi rahbari lavozimiga Luis Medina Kantalexo o‘rniga Laosni tayinlash varianti ham bor.
Fikrlar