
Messining otasi o‘g‘liga jamoa tanlab berdi
PSJ bilan shartnomasi yakunlanayotgan Lionel Messining faoliyatini qaerda davom ettirishi eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzuga aylandi.
O‘g‘lining ishlarini yuritayotgan Xorxe Messi bir necha klublar bilan muzokara olib borayotgan edi. Jurnalist Jerar Romeroning ma’lumotiga ko‘ra, Xorxe Messi yozda o‘g‘li “Barselona”ga qaytishini istayapti.
PSJ o‘z hujumchisini yangi shartnoma bilan ushlab qolmoqchi. “Al-Hilol” ikki mavsum uchun 1,2 milliard evrolik maosh taklif qilgan. Devid Bekxem jahon chempionini “Inter Mayami”ga o‘tishga qiziqtiryapti. “Barselona” o‘zi tarbiyalagan yulduzni qaytarish yo‘lini haligacha topgani yo‘q.
Messining o‘zi hali yakuniy qarorini aytmadi. Biroq, u Kataloniya klubiga transfer uchun ikkita shart qo‘ygan. Demak, tez orada vaziyat oydinlashadi.
Fikrlar
.