
Messining kelishiga ishonib yubormanglar
“Barselona” sport direktori Yordi Kruiff Lionel Messining PSJdan qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
- Lionel Messi “Barselona” muxlislari nazarida haqiqiy afsona. Lekin biz oldimizdagi o‘yinlarimiz haqida bosh qotirishimiz kerak. Lionel ajoyib futbolchi, lekin uning boshqa klub bilan shartnomasi bor va ular bu mavsum sovrinlar uchun kurashmoqda.
Agar biz bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan o‘z futbolchimiz boshqa klublar haqida gapira boshlasa, undan xafa bo‘lardik, - dedi Kriuff Marca nashriga.
Sport direktorining bu gaplaridan Messining Kataloniyaga qaytishi hali mavhum masala ekani oydinlashdi.
Fikrlar