Messining jamoadoshi: Film shunday boshlanadi

  • 23 iyul, 2023, 08:00
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" yarim himoyachisi Benjamin Kremaski Lionel Messi bilan munosabati haqida gapirdi.

Tecno

Argentinalik hujumchi yangi jamoasi safida Liga kubogi doirasidagi “Kruz Azul”ga qarshi o‘yinda debyut qildi va qo‘shib berilgan vaqtda jarima zarbasidan urilgan gol evaziga 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

“Hamma uning futbolkasini so‘radi. Hatto uning shortigini ham o‘g‘irlab ketishdi”, — dedi 18 yoshli futbolchi o‘yindan keyin kiyinish xonasida sodir bo‘lgan voqea haqida.

Shuningdek, yarim himoyachi Messi bilan bir maydonda to‘p tepish zavqi haqida gapirdi. 

"Men baxtliman. O‘zimni kinodagidek his qildik. Sherik emasdim, aniqrog‘i, yana bir muxlisga aylandim.

U jarima zarbasini tepishidan oldin men bir jamoadoshimga: “Hammasi shunday boshlanadi, film shunday boshlanadi”, dedim. Umid qilamanki, hammasi yaxshi yakunlanadi”, - dedi Kremaschi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!