
Messining ishi yurishmayapti
Messining golsiz seriyasi davom etmoqda.
Frantsiya chempionatining 29-turi doirasida PSJ o‘z maydonida "Lion"ni qabul qildi va 0:1 hisobida sensatsion mag‘lubiyatga uchradi. Parijliklar hujumchisi Lionel Messi qatorasiga to‘rtinchi o‘yinda gol ura olmadi.
Avvalroq, 35 yoshli argentinalik hujumchi Chempionlar ligasida "Bavariya"ga, shuningdek, "Brest" va "Renn"ga qarshi bahsni ham golsiz tark etgan edi. Leo o‘tgan yilning sentyabr oyidan beri birinchi marta bunday omadsiz seriya qayd etdi.
Ma’lumot uchun, Messi joriy mavsum poytaxt klubi safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 bora raqiblari darvozasiga gol urdi va 17 marotaba sheriklariga samarali uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar