
Messining boshi qotib qoldi
PSJ hujumchisi Lionel Messi kelajagi borasida tezroq bir qarorga kelishi kerak, deb xabar bermoqda Sport.es sayti.
Manbaning ta’kidlashicha, PSJ argentinalik yulduzga ikki xil shartnoma bergan. Dastlabkisida, Leo yana bir mavsum davomida Parij klubida qolishi belgilangan. Ikkinchi variantda bir yillik shartnoma va uni yana uzaytirish imkoniyati ko‘rsatilgan.
Qaysi shartnomani qabul qilishni Lionel Messining o‘zi hal qiladi.
Tez orada bu masala bo‘yicha uchrashuv tashkil etilishi kutilmoqda. Muzokara davomida moliyaviy shartlar ham muhokama qilinadi.
Fikrlar