
Messining “Barsa”ga qaytishi rostmi?
Lionel Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi. Tomonlarning yangi bitim borasidagi muzokaralari muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Bu holat “Barselona” muxlislarida 35 yoshli jahon chempionining yozda Kataloniyaga qaytishiga umid uyg‘otmoqda.
Masalaga agent sifatida Leoning manfaatlarini himoya qilayotgan otasi Xorxe Messi oydinlik kiritdi.
- Men Leo “Barselona”ga qaytadi, deb o‘ylamayman. Biz bu borada hech qanday taklif olganimiz yo‘q va Joan Laporta bilan biror suhbat ham bo‘lmagan, - dedi Xorxe Messi.
Lionel Messi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng, 2021 yilda moliyaviy vaziyat tufayli Kataloniyani tark etishga majbur bo‘lgandi.
Argentinalik yulduz “Barsa” o‘zi bilan yangi shartnoma tuzmaganida klub prezidenti Joan Laportani aybdor hisoblaydi. Leoning klub rahbariyati bilan munosabati yaxshi emasligi haqida ko‘p yozilmoqda.
Fikrlar