Messini xafa qilishdi

  • 3 aprel, 2023, 08:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya chempionatining 29-turidan o‘rin olgan PSJ va “Lion” bahsi boshlanishi oldidan xunuk voqea ro‘y berdi.

Tecno

BBC nashrining ma’lum qilishicha, stadionda Lionel Messi nomi e’lon qilingan paytda bir guruh muxlislar hushtakbozlik qilishdi. Keyingi paytda ko‘p muxlislarni argentinalik yulduzning harakatlari qoniqtirmayapti.

Messining shartnomasi 30 iyun kuni tugaydi. Biroq, jahon chempioni Parij klubi mutasaddilari taklif qilgan yangi bitimni qabul qilmayapti. Messi 38 million evrolik yillik maoshini pasaytirishni istamagani bois, klub u bilan kelisha olmayapti.

“Lion”ga qarshi uy uchrashuvi parijliklar uchun omadsiz yakunlandi. Raqib jamoa mezbonlar darvozasini ikki bor ishg‘ol, safardan uch ochko olib qaytdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!