
Messini to‘xtatish juda qiyin
“Real” yarim himoyachisi Federiko Valverde maydonda o‘zi to‘qnash kelgan eng qiyin raqib haqida gapirli.
- Men qarshi o‘ynagan eng qiyin raqib bu Lionel Messi, - dedi Federiko Valverde Madrid Zone nashriga.
PSJ va “Real” 2021-2022 yilgi mavsumdagi Evropa Chempionlar ligasi nimchorak finalida o‘zaro to‘qnash kelgan edi. Valverde o‘sha bahsda Lionel Messiga qarshi o‘ynagan. Ikki uchrashuvda birinchisida parijliklar 1:0 hisobida zafr quchgan. Javob o‘yinida madridliklarning qo‘li baland kelgan - 3:1.
Endi klublar miqyosida Valverde Lionel Messiga qarshi o‘ynashi qiyin. Chunki argentinalik yulduz AQShning “Inter Mayami” jamoasiga o‘tib ketgan.
Biroq Urugvay va Argentina terma jamoalari o‘zaro to‘qnash kelsa, Valverde qarshisida yana Messi paydo bo‘lishi ehtimoli juda yuqori.
Fikrlar