"Messini qancha kerak bo‘lsa, shuncha kutamiz!"

  • 3 aprel, 2023, 12:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning "Nyuells Old Boyz" klubi prezidenti PSJ hujumchisi Lionel Messi jamoa bilan shartnoma imzolashiga umid bildirmoqda.

Tecno

U Messi xalq hurmatiga loyiq ekanini ta’kidladi va KONMEBOL prezidenti Alexandro Domingesning bu futbolchi Libertadores kubogini yutishi kerakligi haqidagi so‘zlarini keltirdi.

“Nyuelliklar o‘z jamoasi tarkibida Messining bo‘lishiga va barcha argentinalik hamda amerikalik muxlislarning orzusini ro‘yobga chiqarishga ahd qilishgan. Agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, "Nyuells Old Boyz" qit’aning eng mashhur klubiga aylanadi. Biz Messini qancha vaqt kerak bo‘lsa, kutamiz" – dedi klub prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, Messining PSJ bilan amaldagi shartnomasi shu yozda o‘z yakuniga etadi. Tomonlar hozircha ushbu kelishuvni uzaytirish bo‘yicha murosaga kela olmayapti.

Bundan avvalroq Messi Saudiyaning “Al-Hilol” klubi o‘tishi yoki “Barselona”ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, "Nyuells Old Boyz" Messining bolalikdagi jamoasi hisoblanadi. U "Barsa"ga aynan mana shu klubdan ko‘chib o‘tgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!