
Messiga superklublardan kutilmagan ikkita variant chiqdi
Lionel Messi tez orada o‘ziga yangi jamoa tanlab, kelasi mavsumga tayyorgarlikni boshlashi kerak.
Hozirgacha, argentinalik jahon chempioni Saudiya Arabistonining “Al-Hilol” va AQShning “Inter Mayami” klublaridan aniq taklif olgan.
Bundan tashqari, “Barselona” ham Messiga ko‘z tikmoqda. Biroq, kataloniyaliklar hali jo‘yali taklif bildira olgani yo‘q.
Ispaniyaning AS nashri, 35 yoshli hujumchi Evropaning ikki grand klubidan taklif olganini aytmoqda. Lekin bu jamoalar nomi hali oshkor qilingani yo‘q.
Fikrlar