Messiga oid muhim yangilik!

  • 26 may, 2021, 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” etakchisi Lionel Messi klub prezidenti Joan Laportaning yangi shartnoma bo‘yicha taklifini qabul qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, argentinalik hujumchi 30 iyunda yakunlanadigan bitimini yana ikki yilga uzaytiradi va 2023 yilning yozigacha “Kamp Nou”da qoladi. Shartnomaning boshqa tomonlari sir tutilmoqda.

Joan Laporta “Barselona” prezidentligi uchun saylov oldidan muxlislarni Lionel Messini klubda qolishga ko‘ndirishiga ishontirgan edi. Mana endi u so‘zining ustidan chiqqan ko‘rinadi.  

Lionel Messi “Barselona”da 2005 yildan beri to‘p tepmoqda. Yakunlangan mavsumda argentinalik hujumchi jami 47 ta uchrashuvda 38 ta gol urib, 14 ta golli pas oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!