
Messidan norozi bo‘lishyapti
Hamma ish Lionel Messining PSJ bilan xayrlashishiga qarab ketmoqda. Anchadan beri klub muxlislari argentinalik yulduzga hushtakbozlik qilmoqda.
PSJ rahbariyati ham Lionel Messining harakatlaridan qoniqayotgani yo‘q. Mutasaddilar Lionel Messi parijliklar uchun armon bo‘lib qolayotgan Chempionlar ligasining muhim to‘qnashuvlarida eng yaxshi sifatlarini ko‘rasata olishiga shubha bilan qaramoqda.
Xususan, joriy mavsumda Chempionlar ligasining nimchorak finalida “Bavariya”ga qarshi o‘tkazilgan har ikki uchrashuvda amaldagi jahon chempioni o‘zidan kutilgan va talab qilingan o‘yinni ko‘rsata olgani yo‘q.
Hozircha, 35 yoshli futbolchi faoliyatini qaerda davom ettirishi mavhum bo‘lib qolmoqda.
Fikrlar