Messi yangi jamoasida qachon debyut qiladi?

  • 9 iyun, 2023, 16:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi Evropani tark etib, “Inter Mayami”ni tanladi. Evropaliklar endi argentinalik yulduzning o‘yinlarini faqat teletranslyatsiyalar orqali tomosha qila oladi.

Tecno

Ayni paytda ko‘pchilikni Messi yangi jamoasida qachon debyut qilishi qiziqtirayotgani turgan gap.

 AQShda milliy chempionat o‘yinlari davom etmoqda. Biroq, Messi uchun mavsum yaqinda yakunlandi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, 35 yoshli futbolchi bir necha hafta hordiq chiqaradi. Keyin yana formasini tiklab olishi uchun vaqt kerak bo‘ladi.

Messining maydonga qaytish uchun eng qisqa muddat 16 iyulga to‘g‘ri keladi. Shu kuni “Inter Mayami” futbolchilari “Sent-Luis Siti” bilan kuch sinashadi. Agar Messi bu bahsgacha tayyor bo‘lmasa, debyut avgus oyi o‘rtalariga qoladi.

Chunki ungacha AQSh chempionatida tanaffus e’lon qilinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!