
Messi va yana ikki super yulduz Saudiya Arabistoniga kelishi kutilyapti
"Al-Hilol" Lionel Messi bilan shartnoma imzolash fikrida.
"Sky Sports" nashri bergan xabarga ko‘ra, Saudiya klubi argentinalikni dunyoda eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylantirmoqchi. Agar transfer amalga oshsa, Messi yiliga 200 million funt sterlingdan ko‘proq maosh oladi.
Messining PSJ bilan shartnomasi joriy mavsum oxiriga qadar amal qiladi. Tomonlar kelishuv muddatini uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni futbol mutasaddilari ligaga istalgan futbolchini jalb qila olish mumkin, deb hisoblamoqda. Ular kelasi mavsumlarda "Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne hamda "Liverpul" vingeri Muhammad Salohni sotiyu olishni rejalashtirmoqda.
Fikrlar