
Messi va PSJ rahbariyati nega kelisha olmayapti?
Argentinalik hujumchi Lionel Messi va PSJ rahbariyati o‘rtasidagi muzokaralar haqida yana bir yangilik paydo bo‘ldi. Goal.com portalining xabar berishicha, tomonlar moliyaviy kelishmovchiliklar tufayli yangi shartnoma borasida murosaga kela olmayapti.
Parijlik grandi 35 yoshli futbolchining maoshini moliyaviy feyr-pleyga moslashtirish uchun kamaytirmoqchi, biroq Lionel uning maoshi kamaytirilishga qarshi. Jahon chempioni maoshni hozirgi darajada saqlab qolmoqchi. Muzokaralar esa davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Messining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi shu yozda yakuniga etadi. Hujumchi Frantsiya klubiga 2021 yilda “Barselona”dan erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tgan edi.
Fikrlar