Messi va Alba jamoaviy mashg‘ulotlarga qaytdi

  • 26 avgust, 08:49
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi jarohatidan butunlay xalos bo‘ldi. 38 yoshli futbolchining jamoa mashg‘ulotlariga qaytganligi haqida "Inter Miami News Hub" xabar bermoqda.

Shuningdek, so‘nggi o‘yinda ishtirok eta olmagan Xordi Alba ham mashg‘ulotlarda qatnashdi. Argentinalik va ispaniyalik futbolchilar 28 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan Liga kubogi yarim finalida "Orlando Siti"ga qarshi o‘yinga tayyor.

Messi "Inter Mayami"ning so‘nggi ikki uchrashuvida maydonga tushmagan edi. Umuman olganda, hujumchi joriy mavsum barcha musobaqalarda o‘tkazilgan 25 ta o‘yinda 20 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!