
Messi PSJning yangi shartnoma borasidagi taklifini rad etdi
Lionel Messi PSJning shartnomani uzaytirish borasidagi taklifini rad etdi.
"La Vanguardia" nashri xabariga ko‘ra, 35 yoshli argentinalik futbolchi jahon chempionati oldidan jamoasi bilan hamkorlikni kamida bir mavsumga uzaytirishga kelishib olganiga qaramay, Leo Parij klubi bilan shartnomani uzaytirishdan bosh tortgan.
Bir hafta oldin PSJ vakillari Messiga rasmiy taklif bilan chiqqandi, ammo taklifning moliyaviy tomoni hujumchiga mos kelmadi.
Eslatib o‘tamiz, Messining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar