Messi Parijni tark etib, Barselonaga qaytdi

  • 21 avgust, 2021, 15:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jismoniy holati talabga javob bermagani uchun PSJda debyutini nishonlay olmayotgan Lionel Messi Parijdan ketib, Barselonaga borgani ko‘pchilikning e’tiborini tortdi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, Lionel Messi oila a’zolari va Neymar bilan birga bo‘lgan.

Ayrim manbalarning tasdiqlashicha, Messi va Neymar o‘zlari bilan Kataloniyada birga o‘ynagan Luis Suaresning Barselona shahri yaqinidagi uyiga mehmonga borgan ekan.

Yaqinda PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino argentinalik hujumchi sport formasini tiklayotgani va tez orada yangi jamoasi safida maydonga tushish imkoniga ega bo‘lishi haqida gapirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!