Messi o‘ziga jamoa tanladi
Lionel Messi 2026 yili AQSh, Meksika va Kanada mezbonlik qiladigan jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Mundialga yuqori sport formasida etib borish uchun 38 yoshli futbolchi muntazam o‘yin amaliyotiga va etarli darajada jismoniy tayyorgarlikka ega bo‘lishi talab etiladi.
Shu bois, keyingi paytda bir necha manbalar Messi MLSdan kuchliroq chempionatga o‘tishi haqida axborot tarqatayotgan edi. Ma’lum bo‘lishicha, sakkiz karra “Oltin to‘p” sohibi kelajagi borasida aniq rejaga ega.
Jurnalist Gaston Edulning yozishicha, Messi kelajagini “Inter Mayami” bilan bog‘lamoqchi. Futbolchi 31 dekabr kuni yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni yana bir yilga uzaytirmoqchi. Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi 2023 yilning yozida Evropani tark etib, “Inter Mayami” taklifini qabul qilgandi.



Fikrlar