Messi otdan tushsa ham, egarda o‘tiribdi

  • 1 noyabr, 2023, 19:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi Evropa futbolini tark etib, olis Amerikaga ketgan bo‘lsa-da, homiylar e’tiborini tortishda hali ham etakchilik qilmoqda.

Tecno

“Inter Mayami”ga ko‘chib o‘tgan jahon chempioni SportsPro talqini bo‘yicha 2023 yilda homiylar uchun eng talabgir sportchi sifatida e’tirof etildi. Bu reytingda ikkinchi o‘rin basketbol yulduzi Lebron Jeymsga nasib qildi.

Homiylar e’tiborida turgan eng mashhur sportchilar o‘nligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

Lionel Messi, futbol, 36 yosh.

Lebron Jeyms, basketbol, 38 yosh.

Aleks Morgan, futbol, 34yosh.

Yannis Adetokunbo, basketbol, 28 yosh.

Megan Rapino, futbol, 38 yosh.

Mikaela Shiffrin, tog‘ chang‘isi sporti, 28 yosh.

Lyuis Xemilton, avtosport, 38 yosh.

Simona Baylz, sport gimnastikasi, 26 yosh.

Kilian Mbappe, futbol, 24 goda.

Maks Ferstappen, avtosport, 26 yosh.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!