Messi nega “Inter Mayami”ni tanlaganini aytdi

  • 8 iyun, 2023, 11:56
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi faoliyatini “Inter Mayami”da davom ettirishini ma’lum qilganidan keyin bir qaror savollar kelib chiqmoqda.

Tecno

Aslida argentinalik yulduz “Barselona”ga o‘tishi kutilgandi. Shuningdek, “Al-Hilol” dahshatli maosh bilan uni o‘ziga og‘dirmoqchi bo‘ldi.

Messi bu masalalarga oydinlik kiritib o‘tdi.

- Yangi jamoa tanlashimda moliyaviy masalalar ahamiyati haqida so‘rashmoqda. To‘g‘risini aytsam, ul masalasida hech qanday muammo bo‘lmagan. Xususan, “Barselona” rahbariyati bilan shartnoma borasida gaplashmaganmiz.

Klub menga taklif bildirdi, lekin u rasmiy ham emasdi, yozma ham emasdi. “Barselona” tomoni meni taklif qilish istagida edi, biroq bu masala ma’muriy nyuanslar tufayli hech ilgari siljimadi. Bu vaziyatda mablag‘ haqida yana qanday gap bo‘lishi mumkin?

Agar meni pul qiziqtirganida Saudiya Arabistoniga ketgan bo‘lardim. Shunda pulim ko‘payardi, lekin haqiqat shuki hozir meni moddiyat bezovta qilmayapti, - dedi Lionel Messi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!