Messi necha marta poker qilganini bilasizmi? Ronalduchi?

  • 14 fevral, 2023, 14:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi qayd etayotgan turli ko‘rsatkichlar doimo  statistika mutaxassislari va futbol muxlislarini qiziqtirib kelgan.

Tecno

Yaqinda Krishtianu Ronaldu “An-Nasr” tarkibida to‘rtta gol urganidan keyin ekspertlar uning raqobatchisi Lionel Messining pokerlari sonini ham sanab chiqishdi. Ma’lum bo‘lishicha, bir o‘yinda to‘rtta to‘p kiritish bo‘yicha Ronaldu oldinda ekan. Uning hisobida 11 ta poker bor.

Messi esa quyidagi jamoalar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan: “Arsenal”, “Valensiya”, “Bayer”, “Espanol”, “Osasuna”, “Eybar” (ikki marotaba), Estoniya terma jamoasi.

Shuningdek, Messi shu sakkizta uchrashuvdan ikkitasida yana gol urib, pokerni penta-trikka aylantira olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!