Messi kutgan yulduz “Barsa”ga kelyapti!

  • 14 aprel, 2021, 11:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kelasi mavsum “Barselona” hujum chizig‘ida Argentina terma jamoasining ikki to‘purari – Lionel Messi va Serxio Aguero birga to‘p tepishi kutilmoqda.

Tecno

Garchi Lionel Messining klub bilan shartnomasi yakunlanayotgan bo‘lsa-da, argentinalik yulduz uni uzaytirishga moyil. Chunki klubda unga yoqmagan rahbarlar qolmadi. Yangi prezident Joan Laporta qudratli jamoa tuzmoqchi.

Qolaversa, yozgi transferlar vaqtida Kataloniyaga Messining yaqin do‘sti Serxio Aguero kelishi kutilmoqda.

Xosep Gvardiolaga kerak bo‘lmay qolgan to‘purar hozirdan o‘ziga yangi jamoa qidiryapti. Ayni paytda uning agenti Kataloniyaga “Barselona” bilan muzokara o‘tkazish uchun kelgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.

Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Agueroning kelishi Messining yangi shartnomaga ko‘ndirishda muhim omil bo‘ladi.

Messi “Barsa”da qolish shartini aytdi. Laporta buni bajara oladimi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!