
Messi kelsa ham, katta pul bermaymiz!
Joriy mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritgan “Barselona” prezidenti Joan Laporta Lionel Messini qaytarish niyatida ekanini aytgandi.
Shunga qaramay, klub xo‘jayini argentinalik yulduzga katta maosh berilmasligini ta’kidladi.
- Biz Messini qaytarib olmoqchimiz. Lekin unga katta maosh to‘lamaymiz. Taqdiqlanishi kutilayotgan rejalarimizga ko‘ra ish qilamiz.
Messi kelsa qaysi pozitsiyada o‘ynashini so‘rashyapti. Buni Xavi hal qilsin. Dunyoning eng zo‘r futbolchisiga tarkibdan joy topib berish qiyin bo‘lmasa kerak, - dedi Joan Laporta.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi har mavsum uchun 38 million evro maosh oladi. Messi jahon chempioni bo‘lganidan keyin otasi Xorxe PSJ vakillaridan bu mablag‘ endi qanoatlantirmasligini uqtirayotgandi.
Fikrlar