
Messi JChda Levandovski bilan bo‘lgan voqea haqida gapirdi
Jahon chempionati 3-turida Argentina Polshaga qarshi o‘ynadi va 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu o‘yin orqali Lionel Skaloni shogirdlari birinchi o‘rin bilan pley-offga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur bahsda eng e’tiborni tortgan narsa bu Messi va Levandovskining to‘qnashuvi bo‘ldi. Bu haqida argentinaliklar sardori gapirib o‘tdi.
"2021 yilda "Oltin to‘p"ni yutganimda, nimalarni his qilayotganimni aytganman. Ammo Levandovski o‘sha paytda bayonot bilan chiqdi. Bu esa meni tashvishga soldi. O‘yin davomida unga e’tibor bermaslikka harakat qildim. U o‘shanda aytmasligi kerak bo‘lgan gaplarni gapirdi va mening jahlimni chiqargandi. Levandovskiga nisbatan ataylab driblingimni ishga soldimmi? Ha! Ammo keyinchalik Robert bilan ko‘rishdik va kelishib oldik".
Polshaga qarshi uchrashuvda Messi Levandoskiga qo‘l berishni istamagandi.
Eslatib o‘tamiz, Robert va Lionel bu mavsum "Barselona" safida birga o‘ynashi mumkin edi. Ammo 36 yoshli futbolchi MLSga yo‘l oldi.
Fikrlar