Messi javobini aytdi. “Barsa” shokda!

  • 7 iyun, 2023, 22:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Lionel Messi o‘zi 200-2021 yillar davomida o‘ynagan “Barselona”ga qaytmasligi haqida klub rahbariyatini ogohlantirdi, deb xabar tarqatdi taniqli jurnalist Migel Riko.

Tecno

Manbaning ta’kidlashicha, 35 yoshli futbolchi AQShga yo‘l olishga moyillik bildirgan. Ma’lumki, ummonortida uni “Inter Mayami” o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Messi bir necha kun avval Kataloniya klubi rahbariyati tezroq transferni kafolatlashi kerakligini aytgandi. Biroq, “Barselona” xo‘jayinlaridan rasmiy taklif bo‘lgani yo‘q.

Qolaversa, Leoning rafiqasi Antonella oilaviy AQShga ko‘chib o‘tishni istayapti. Shu bois, Leo saudiyaliklarning dahshatli maosh ko‘rsatilgan chorlovini qabul qilmadi.

AQSh ligasi vakillari ham argentinalik jahon chempionining kelishi uchun qator bonuslar taklif qilgani haqida xabarlar chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!