
Messi ikki aniq taklifni rad etdi
PSJ bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Lionel Messi Saudiya Arabistoni va AQSh klublaridan mo‘may daromadli taklif oldi.
Taniqli jurnalist Luis Maskaroning ma’lum qilishicha, argentinalik yulduz ularning hech birini qabul qilmagan. Manbaning ta’kidlashicha, Messi oldida ikkita variant qolgan xolos. Ulardan biri PSJ bilan hamkorlikni uzaytirish. Ikkinchi yo‘l esa, “Barselona”ga ko‘chib o‘tish.
Messining o‘zi Kataloniyaga qaytib ketishni istayapti. Biroq, “Barsa”ning moliyaviy ahvoli u bilan shartnoma tuzish imkonini bermaydi.
Ispaniya La Ligasi rahbariyati Kataloniya klubidan Messini olib kelish bo‘yicha transfer rejasini himoya qilishni talab qilmoqda.
Fikrlar