Messi: Hamma Argentinani mag‘lub etishni istaydi
Lionel Messi JCh-2026 saralashida Ekvador ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi
"Qiyin va shiddatli o‘yin. Men biroz charchagandim. Shu sababli, almashtirildim. Umuman olganda, o‘zimni yaxshi his qildim.
Bugun o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida hech kim bo‘shashmayotgani yaqqol ko‘rindi. Hamma Argentinani mag‘lub etishni istaydi.
Yaqinda jahon chempioni bo‘ldik, ammo ko‘p narsa allaqachon sodir bo‘lganga o‘xshaydi. Biz oldinga intilishda davom etishimiz, kurashishimiz va navbatdagi jahon chempionatiga chiqishimiz kerak.
Saralash turnirida qiyin o‘yinlar borligini bilamiz. Ekvadorda juda yaxshi futbolchilar bor. Ular nima qilayotganlarini bilishadi va ularning jismoniy holati ham juda yaxshi", - dedi forvard.



Fikrlar