
Messi gol urgan bahsda "Barselona" "Vilyarreal"ni yirik hisobda engdi (video)
Ispaniya La Ligasining 3-turida “Barselona” o‘z maydonida Unai Emeri boshchiligidagi “Vilyarreal”ni qabul qildi.
“Kamp Nou”da kechgan bellashuv taqdiri birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal bo‘ldi. Aniqrog‘i, dastlabki 45 daqiqalikda kiritilgan 4 ta gol o‘yin so‘nggigacha o‘zgarishsiz qoldi va “Barselona” 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu kuni kataloniyaliklarning umidli hujumchisi Ansu Fati (15', 19') o‘z nomiga dubl yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, yana bir golga Lionel Messi (35') mualliflik qildi. To‘rtinchi golni esa mehmonlar futbolchisi Pau Torres (45') o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar