
Messi: "Farzandlarim barcha argentinaliklar kabi azob chekishdi"
Lionel Messi farzandlarining Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvdan keyingi emotsiyalari haqida gapirdi.
1-tur doirasida Argentina Osiyo vakiliga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.
"Birinchi turdan so‘ng mening o‘g‘lim Mateo stadionni ko‘z yoshlar bilan tark etdi. Tiagu esa qolgan ikki uchrashuvda g‘alaba qozonsak, keyingi bosqichga chiqishimiz mumkinlikini qo‘llari bilan sanab, hisob-kitob qila boshladi. Mening farzandlarim barcha argentinaliklar kabi azob chekishdi.
Biz vaziyat yana normallashganidan xursandmiz. Keyingi bosqichga chiqish o‘zimizga bog‘liq", - dedi Argentina Meksika ustidan g‘alaba qozonganidan so‘ng", - dedi Leo.
Ma’lumot uchun, Argentina hamda Polsha o‘rtasidagi o‘yin 30 noyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Fikrlar