
Messi faqat bir jamoa bilan muzokara qilyapti
PSJ hujumchisi Lionel Messining amaldagi shartnomasi yakunlanib bormoqda. Shu bois, argentinalik yulduz faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi kun tartibidagi eng qiziq masalalardan biriga aylandi.
Ole nashrining ma’lum qilishicha, jahon chempioni faoliyatini Evropada davom ettirishni istaydi.
Shuning uchun ham Messi ayni paytda faqat PSJ bilan muzokara olib bormoqda. Parijliklar unga bir yillik bitim bergan.
Shundan kelib chiqib, Lionel Messini kutayotgan “Inter Mayami” bu transferga faqat 2024 yilning yozida – Amerika kubogi musobaqasidan keyin umid qilishi mumkin.
Fikrlar