Messi ertaga PSJning o‘yinida ishtirok etadimi?

  • 10 yanvar, 2023, 14:39
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentina bilan jahon chempionligini qo‘lga kiritgan Lionel Messi ertaga "Anje" bilan bo‘ladigan bahsda ishtirok etadi. Bu haqda Frantsiyaning "L’Équipe" nashri xabar berdi. 

Tecno

4 yanvar kuni futbolchi ta’tildan qaytib, klub safida mashg‘ulotlarga kirishgan. Agar ertaga u kutilmaganda jarohat orttirib olmasa, chempionat doirasidagi 18-tur o‘yinida qatnashadi. 

Neymarning ishtiroki so‘roq ostida bo‘lib turibdi. Braziliyalik iste’dod sohibi jarohatidan to‘liq tiklanib ulgurmagan. 

Mbappe Hakimi bilan birga bugun PSJ tarkibiga kelib qo‘shiladi. Ularning 15 yanvar kuni "Renn"ga qarshi bahsda maydonga tushishi kutilmoqda. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!