
Messi EChLning eng yaxshi to‘purari, Ronaldu 3-o‘rinda
GiveMeSport portali UEFA Chempionlar ligasida o‘tkazilgan o‘yinlar soniga ko‘ra eng ko‘p gol urgan futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan “Barselona” forvardi Lionel Messi joy oldi. 32 yoshli argentinalik futbolchi shu kungacha EChLda jami 141 ta o‘yin o‘tazgan va raqiblari darvozasiga 114 ta gol urgan. Unda har bir o‘yinga o‘rtacha 0,81 gol to‘g‘ri kelmoqda. “Real” va “Manchester Yunayted” klublari sobiq hujumchisi Rud van Nisterloy (73 ta o‘yin, 56 ta gol, 0,77) esa 2-o‘rinda qayd etildi.
Kuchli uchlikni “Yuventus” forvardi Krishtianu Ronaldu (169 ta o‘yin, 128 ta gol, 0,76) yakunlab berdi.
- Lionel Messi
- Rud van Nisterloy
- Krishtianu Ronaldu
- Robert Levandovski (86 ta o‘yin, 64 ta gol, 0,74)
- Neymar (57 ta o‘yin, 35 ta gol, 0,61)
- Filippo Indzagi (81 ta o‘yin, 46 ta gol, 0,57)
- Edinson Kavani (62 ta o‘yin, 35 ta gol, 0,56)
- Serxio Aguero (71 ta o‘yin, 39 ta gol, 0,55)
- Karim Benzema (119 ta o‘yin, 64 ta gol, 0,54)
- Raul (142 ta o‘yin, 71 ta gol, 0,50).
Fikrlar