
Messi charchadi
Lionel Messi PSJni tark etganidan keyin uning qaysi jamoa taklifini qabul qilishi keng muhokama qilinmoqda.
Ispaniyaning Sport nashri 35 yoshli yulduz o‘zining atrofidagi gap so‘zlardan charchagani va tezroq kelajagiga oydinlik kiritishni istayotganini yozmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, Messi tez kunlarda bir qarorga keladi. Uning otasi Xorxe o‘g‘lini “Barselona”ga o‘tishini istayapti. Kataloniyaliklar Leodan transfer uchun biroz vaqt berishni so‘ragan.
Bundan tashqari, argentinalik yulduz o‘ziga dahshatli maosh va’da qilgan “Al-Hilol”ga hamkorlik masalasini bir yildan keyin muhokama qilishini bildirgan.
Fikrlar