
Messi bu ishni 1000 marta uddaladi
Frantsiya chempionatining 26-turida PSJning “Nant”ga qarshi o‘tkazgan uchrashuvi Lionel Messi uchun ham tarixiy ahamiyat kasb etdi.
Bahsda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan futbolchi klublardagi faoliyati davomida 1000-samarali harakatni amalga oshirdi. Bu haqda Goal portali ekspertlari xabar tarqatdi.
Messi klublar miqyosida “Barselona” va PSJ sharafini himoya qilib, jami 841 ta bahsda maydonga tushgan. O‘zi o‘ynagan bellashuvlar davomida argentinalik yulduz 701 ta gol va 299 ta assist qayd etdi.
Lionel Messi klub miqyosida ham, terma jamoada ham o‘zi ishtirok etgan deyarli barcha nufuzli turnirlarda g‘olib chiqqan.
Fikrlar