Messi bosh murabbiyni mensimay qo‘ydi

  • 23 mart, 2023, 22:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ bosh murabbiyi Kristof Galte jamoa yulduzlarini o‘ziga bo‘ysindira olmadi va oxir-oqibat ichki muhitni buzilishiga olib keldi.

Tecno

RMC Sport nashri taqdim etgan materialda PSJ mashg‘ulotlarida kuzatilgan g‘alati vaziyat yoritilgan.

Unga ko‘ra, bosh murabbiy mashg‘ulotlar chog‘ida mashqlarni yana bir necha daqiqa davom ettirish kerakligini aytadi. Biroq, Lionel Messi bu talabni qabul qilmadi. Oqibatda mashg‘ulot to‘xtatildi.

Bu vaziyatda ayrim futbolchilar mashg‘ulotdan keyin ham bir necha daqiqa mashq qilishga tayyor turgan edi.

Bu Messi bilan bog‘liq yagona vaziyat emas. Yaqinda jahon chempioni PSJ mashg‘ulotini erta tugatib, ketib qolgani ham kuzatilgandi. O‘shanda, Leo Kristof Galte buyurgan mashg‘ulot hujumchilarga hech qanday foyda bermasligini aytib, maydonni tark etgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!