Messi bilan o‘ynash armon bo‘lib qolmasin!

  • 14 sentabr, 2020, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Inter” hujumchisi Lautaro Martines  “Barselona”da Lionel Messi bilan birga o‘ynash imkoniyatini qo‘ldan boy bermoqchi emas. Shu maqsadda, argentinalik hujumchi milanliklar rahbariyatidan o‘zini Kataloniyaga qo‘yib yuborishni talab qilmoqda.

Tecno

“Inter” xo‘jayinlari bu transfer uchun 111 million evro talab qilmoqda va qariyb yarim yildan beri “Barselona” taklif qilayotgan boshqa variantlarni qabul qilmayapti. Luis Suares ketishi ma’lum bo‘lgach, “Barsa” kuchli hujumchiga ehtiyoj sezmoqda. Shuning uchun ham kataloniyaliklar Messining terma jamoadagi sherigi uchun 50-60 million evro taklif qilmoqda.

O‘tkazilgan muzokaralarga ko‘ra, A Seriya grandi “Barselona”ga Lautaroni olish uchun 80 million evro va 1-2 nafar yuqori saviyali futbolchi berishni taklif qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!